Создать публикацию

Uzbekistan

Toshkent temir yo‘l vokzalida harbiy xizmatdan qaytgan askarlar tantanali ravishda kutib olindi

Toshkent temir yo‘l vokzalida Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan askarlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoatchilik vakillari, askarlarning ota-onalari, yoshlar ishtirok etdi, deb  xabar berdiO‘zA.


Foto: O‘zA

Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor O‘rolboyev, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zosi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi raisi Nozim Habibullayev va boshqalar bugungi Vatan himoyachilari nafaqat yirik imperiya asoschisi, balki buyuk sarkarda bo‘lgan Sohibqironning munosib avlodlari ekanini ta’kidladi.


Foto: O‘zA

Askarlarni ota-onalari bag‘riga qaytarish maqsadida serjant Umurzoq Xudoyorov harbiy qismdan ularga hamrohlik qildi. 


Foto: O‘zA

Yigitlar harbiy orkestr sadolari, ota-onalar va mehmonlar olqishlari ostida vokzal perroni bo‘ylab safda tantanali qadam tashlab o‘tdi.


Foto: O‘zA