Создать публикацию

Uz

Markaziy bank: Intеrnеtda tarqalgan 100 ming so‘mlik kupyura surati haqiqiy emas

Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirov internet orqali keng tarqalayotgan 100 ming so‘mlik banknota dizayni va suratlari bo‘yicha rasmiy bayonot berdi, deb xabar beradi UzNews.


Foto: UzNews

Majid Tohirov suratdagi banknot rasmiy emasligini aytib o‘tdi.

“Bunday ma’lumot faqatgina markaziy bank rasmiy saytida e’lon qilinganidan keyingina, ma’lumotga rasmiy deb qarash mumkin”, — deydi Tohirov.

Majid Tohirov aholi o‘rtasida bunday mish-mishlarni tarqatadigan va qalbaki banknotalar suratlarini e’lon qiladigan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga nisbatan chora ko‘rish markaziy bank vakolatiga kirmasligini ham ta’kidlab o‘tgan.