Создать публикацию

Uz

Soxta «bank xodimlari». Yangiyo‘lda ikki firibgar kuppa-kunduz pensionerni chuv tushirdi

 

Soxta «bank xodimlari». Yangiyo‘lda ikki firibgar kuppa-kunduz pensionerni chuv tushirdi
Soxta «bank xodimlari». Yangiyo‘lda ikki firibgar kuppa-kunduz pensionerni chuv tushirdi

Foto: «Korrespondent.net»

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida 6-may kuni pensioner Z.Voloxova IIBga murojaat qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Uning ma’lum qilishicha, 2018-yil 19-aprel kuni soat 13.00larda ikki noma’lum shaxs (ulardan biri ayol) Toshkent shohko‘chasida joylashgan «Fitnes klubi» oldida unga o‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirishgan. So‘ng, yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanadi deb aldab, pensionerlarga imtiyoz yaratish maqsadida ularni uyiga borib, AQSh dollarini Yevro valyutasiga ayriboshlayotganliklarini aytishadi.

Shu tarzda ishonchga kirgan firibgarlar Z.Voloxovadan 400 AQSh dollari va 50 ming so‘m pulini olib, unga konvertga solingan 200 Yevro valyutasi ko‘rinishidagi qalbaki pullarni berib ketishadi.

Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan kimda kim biror bir ma’lumotga ega bo‘lsa, 102 telefon raqamiga yoki joylardagi profilaktik inspektorlariga murojaat qilishlari so‘ralgan.