Создать публикацию

Uz

Grin-kard” kimga eng ko‘p beriladi? O‘zbekiston va sobiq ittifoq mamlakatlari (reyting)

“Xabar.uz” “Usa.one” nashri ma’lumotlariga asoslanib, “Grin-kard” kimlarga eng ko‘p berilishini tahlil qildi.


Foto: “Xabar.uz”

Har yili 100 mingdan ortiq Diversifikatsiya lotereyasi qatnashchilari “Grin-kard” (“Green Card”)ni yutib olish uchun kurashadi. Biroq ulardan faqat yarmi orziqib kutgan vizasini qo‘lga kiritadi, deb yoziladi xabarda.

Har bir geografik hudud, hatto mamlakat uchun AQSh Davlat departamenti muayyan miqdordagi “Grin-kard”larni ajratadi, biroq bu umumiy miqdorning 7 foizidan oshmaydi. Bu muayyan mamlakatdan keluvchi immigrantlar soniga bog‘liq: sizning vatandoshlaringiz qancha ko‘p AQShga ko‘chib ketgan bo‘lsa, sizning “Grin-kard”da yutish imkoniyatingiz shuncha pasayadi.

Sobiq ittifoqda yashovchilarning Diversitu Immigrant Visa’ni yutish imkoniyatlari yildan-yilga pasayib boryapti, chunki qatnashchilar soni ko‘paymoqda, qolaversa, Green Card—2019 oxirgi lotereya bo‘lishi mumkin degan gap-so‘zlar yo‘q emas. (Prezident Donald Tpamp DV-lotepeyani bir necha marta yopmoqchi bo‘lgan).

Hozircha Green Card—2019 bo‘yicha statistika yo‘q. Ammo AQSh Konsullik munosabatlari byurosining Green Card—2018 bo‘yicha ma’lumotlari e’lon qilingan. Unda sobiq ittifoq mamlakatlari uchun quyidagi miqdorda lotereyalar o‘ynalgan:

  1. Rossiya — 4 500;
  2. O‘zbekiston — 4 494;
  3. Ukraina — 4 478;
  4. Armaniston – 2844;
  5. Belarus — 1 466;
  6. Tojikiston — 1 209;
  7. Gruziya — 1 195;
  8. Qozog‘iston — 1 020;
  9. Ozarbayjon — 961;
  10. Turkmaniston — 306;
  11. Litva — 257;
  12. Latviya — 91;
  13. Estoniya — 61.

Ko‘rib turibsizki, mintaqada “Grin-kard” lotereyalari eng ko‘p ajratilgan mamlakatlar orasida Rossiyadan keyin O‘zbekiston turibdi, Ukraina esa uchinchi o‘rinda. Aholi jon boshiga taqsimlanganda, “uchlikda” o‘zbekistonliklarning “Grin-kard”ni yutish imkoniyatlari yanada yuqori.

“Grin-kard”ni yutgandan keyin haqiqatan ham AQShga borish imkoniyatlarini, umuman olganda, chamalab ko‘rish qiyinmas. Diversitu Immigrant Visa’ni yutish bosqichida, ya’ni AQShda doimiy yashash imkoniyatini olgandan keyin, da’vogarlarning qariyb yarmi “o‘yin”dan chiqib ketadi. Bu quyidagi omillar bilan bog‘liq:

  1. hujjatlarning noto‘g‘ri to‘ldirilishi;
  2. konsullik yig‘imlarini to‘lash, tibbiy ko‘rik yoki AQShda birinchi oy yashash uchun kerakli mablag‘ni to‘play olmaslik;
  3. viza olish uchun ariza berish muddatlarining buzilishi (joriy yil 30-sentabrigacha);
  4. intervyu natijalari bo‘yicha rad javobi berilishi.

Hatto barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, immigratsiya ofitseri bilan suhbatga yozilgan bo‘lsangiz ham bu sizga AQShda yashash uchun ruxsat olishingizni kafolatlamaydi. Chunki ayrim kvotalar mavjudligi uchun sizning navbatingiz kelguncha “Grin-kard”lar tugab qolishi mumkin.