Создать публикацию

Uz

Aviasozlar” bozoridagi janjal o‘lim bilan yakunlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joriy yil 12 mart kuni soat 18:30 atrofida 1976- yilda tug‘ilgan N.Boborahimov uyida vafot etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.


Foto: Trend

Sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilib, N.Boborahimov bosh miya yopiq jarohati va qon quyilishi oqibatida o‘lganligi aniqlandi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 11-mart soat 16:00 larda xususiy tadbirkor, 1994-yilda tug‘ilgan X.Yoqubov “Aviasozlar” bozori oldida o‘zaro janjal asnosida N.Boborahimovning yuziga qo‘llari bilan urgani ma’lum bo‘ldi. Shundan so‘ng u boshi bilan yerga yiqilib, jarohat oladi va uyiga ketadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida X.Yoqubov qo‘lga olindi.