Создать публикацию

Uz

2017-yilda O‘zbekistonda 19 kishi poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘lgan

2017-yilda O‘zbekistonda poyezdning odam bilan to‘qnashishi holatlari 22 marta kuzatilgan, 19 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi jarohat olgan. Bu haqda “Gazeta.uz” “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tayanib xabar bermoqda.


Foto: “Gazeta.uz”

O‘z ehtiyotsizligi tufayli halok bo‘lganlar — sakkiz kishi. Yana yetti kishi o‘zini poyezd tagiga tashlagan.

O‘tgan yilda, shuningdek, poyezdlarning yirik shoxli qoramollarni bosib ketishi bilan bog‘liq 48 ta holat yuz bergan.

Yil davomida poyezdga tosh va boshqa og‘ir buyumlarni otish holatlari 39 marta kuzatilgan, shulardan 14 tasi Afrosiyob tezyurar poyezdi bilan sodir bo‘lgan. Bunday qoidabuzarliklar asosan maktab o‘quvchilari va mast odamlar tomonidan sodir etiladi.