Создать публикацию

Uz

Samarqand viloyatida er o‘z xotini o‘ldirdi

Samarqand viloyatidagi mahallalarning birida 47 yoshli erkak o‘zidan 10 yosh kichik xotinini o‘ldirgani aniqlandi. Bu haqda IIVning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.


Foto: “RIA Novosti”

Xabar berishlaricha, Samarqand viloyati Paxtachi tumani Jahonobod mahallasidagi qurilishi tugallanmagan uydan Bo‘ston mahallasida yashagan, 1981-yilda tug‘ilgan ayolning bo‘yin, chap yelka qismlarida shilinma va qontalash hamda chap qulog‘idan qon oqish jarohatlari bilan jasadi topilgan.

“Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni marhumaning turmush o‘rtog‘i — 1971-yilda tug‘ilgan erkak sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, — deyiladi IIV axborotida.