Создать публикацию

Uz

O‘zbekiston havo yo‘llari” bayram kunlari 100 dan ortiq reysga chegirmalar taqdim etdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” tomonidan individual yo‘lovchilar, oilalar va guruh tarkibidagi yo‘lovchilar uchun 18—22-mart kunlari barcha ichki reyslar uchun aviachiptalarga chegirmalar taqdim etildi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.


Foto: “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK

Bayram kunlari chegirmali aviachiptalar 103 ta muntazam reys uchun amal qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch va Nukus yo‘nalishlariga talabni qondirish maqsadida yana 28 ta qo‘shimcha parvozlar amalga oshirildi.

Shuningdek, 19-mart kuni “Toshkent — Qarshi” reysi Buxorogacha aviachipta olishni istagan yo‘lovchilarni tashish uchun “Toshkent — Qarshi — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida parvoz qildi.

18—22-mart kunlari mamlakat bo‘ylab jami 13 mingdan ortiq yo‘lovchi manziliga yetkazildi.